Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi, ularning 99,7 foizi yoki 16 320 tasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo sohasidagi ulishi 72,4 foizni;
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo sohasidagi ulishi
17,5 foizni;
- avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 10,1 foizni tashkil etdi.
Axborot xizmati