20/10/2023

Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, yaʼni xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.

21-oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Samarqand viloyati statistika boshqarmasida ham O‘zbek tili bayrami munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

 

 

 

Bayram tadbiriga boshqarma rahbariyati hamda xodimlari ishtirok etishdi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqan boshqarma boshlig‘ining birinchi o'rinbosari T Sidikov, xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri boʻlgan ona tilimiz oʻzining qonuniy maqomi va himoyasiga ega boʻlganligi. Ona tilimiz milliy oʻzligimizligi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyilgani, shu tariqa oʻzbek tili mustaqil davlatimizning Bayrogʻi, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yoʻli bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylanganligi, vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda oʻzbek tilining ahamiyati tobora ortib borayotganligi haqida to‘xtaldi.

 

 

 

Har qaysi xalq yoki millatning maʼnaviyatini uning tarixi, oʻziga xos urf-odat va anʼanalari, tili, madaniyati va qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib boʻlmaydi. Ulugʻ mutafakkir shoirimiz hazrat Alisher Navoiyning oʻzbek xalqi maʼnaviy dunyosi, tilining shakllanib rivoj topishida xizmatlari beqiyos boʻlgan. Uning moʻtabar nomi, ijodiy merosini doimo faxrlanib tilga olamiz. “Tilga eʼtiborsiz – elga eʼtiborsiz” degan purmaʼno soʻzlarining magʻzini anglaymiz. Navoiyning asarlari orqali ona tilimizning beqiyos boyligi, uning buyukligini angladik, unga boʻlgan mehr-muhabbatimiz oshdi.

 

 

 

Til millatimiz faxri, jamiyatimiz ko‘zgusi  hisoblanadi. Ayni choqda, til qalbimiz oynasi hamdir. Shunday ekan, ona tilimizga doimo hurmat va e’tiborda bo‘lib, uning jamiyatimizdagi mavqeini yuksaltirishga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik. Zero, til bor ekan, millat barhayot. Til bor ekan,yurtning istiqboli nurli va charog‘on bo‘ladi.

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi jamoasi barcha O‘zbekiston xalqini O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to‘lishi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

Ona tilim 

Men o‘zbek tiliman,zuvalam ulug‘,

Buyuk Turk lahjasin men ham biriman.

Mening bobom erur "Qutadg‘u bilig",

Men bo‘ri avlodi - Turkning tiliman!

Nomim ko‘p o‘zgargan...rosa bezganman,

Imloim  o‘zgargan takror va takror.

Temur barlos bilan dunyo kezganman,

Qo‘limda "Tuzuklar", "Xamsa"larim bor!

Men o‘zbek tiliman,Ulug‘ bir tilman.

Tashbehu,ta’riflar ila to‘lganman.

Menga tosh otmanglar o‘zimnikilar,

Men jahon sahniga chiqib bo‘lganman!

Ey,ichimdan chiqqan manqurt, chayonlar,

Menga tig‘ sanchmangiz - qilmang mendan or,

Men hali o‘lmayman...chunki ko‘ksimda

Ming yillik zulmning alamlari bor!

 

Axborot xizmati

 A

Tugmani bosing Tinglash GSpeech