2026-yilning yanvar–iyul oylarida Samarqand viloyatida bajarilgan qurilish ishlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori ulush fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishiga to‘g‘ri keldi.
Mazkur yo‘nalishda bajarilgan qurilish ishlarining ulushi jami qurilish ishlari hajmining 64,1 foizini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 144,5 foizni qayd etdi.
Shuningdek, turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan binolarni qurish yo‘nalishida bajarilgan qurilish ishlarining ulushi jami hajmning 33,5 foizini tashkil etdi. Ushbu yo‘nalishdagi o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 75,6 foizni tashkil etdi.
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishining ulushi esa jami qurilish ishlari hajmida 2,4 foiz bo‘lib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 109,8 foizni tashkil etdi.

Axborot xizmati



