O‘zbekiston Respublikasining "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4796-son qаrоri ijrosini ta’minlash, rasmiy statistika sohasida qurilish ishlari umumiy hajmini shakllantirish bo‘yicha uslubiyatni yanada takomillashtirish maqsadida har chorakda "Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvlari” o‘tkaziladi.
Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-noyabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T. Sidikov, boshqarmaning Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi B. Qurbonov hamda Samarqand tumani statistika bo‘limi boshlig‘i F. Jabborovlar Samarqand tumanida 4-TJ tanlanma kuzatuvini o‘tkazishdi. Kuzatuv davomida T. Sidikov intervyuer tomonidan o‘tkazilayotgan kuzatuvda xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi.
Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuerga kerakli topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati