15/11/2023

    Samarqand viloyati bo‘yicha 2023–yilning 1–oktabr holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 689,8 ming taga yetdi. 2022–yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni 2,6 mingtaga (0,2 %) ko‘paydi.

2023–yilning 1–oktabr holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami yirik shoxli qoramollarning 93,8 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech