29/11/2023

    2023-yil 1-noyabr holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 2 977 tani tashkil etib, o‘sish sur’ati 75,3 % ni tashkil etgan. Shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 6 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 971 tani tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 904,0 mlrd. so‘mni (116,5 % ni) tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 16,5 % ga ko‘paydi. Bunda savdo aylanmasining 66,2 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi. 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech