06/12/2023

   Joriy yilning 6-dekabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi yosh mutaxassislari uchun Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “AFROSIYOB PARRANDA” mas’uliyati cheklangan jamiyatida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda yosh xodimlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Statistik hisobot taqdim etishga mas’ul xodimlar hisobotlarni tuzish uchun kerakli ma’lumotlarni shakllantirishi jarayonlarini ko‘rsatib o‘tdilar.

 

Shu ko‘rsatmalar asosida viloyat statistika boshqarmasining tegishli mutaxassislari tomonidan statistik hisobotlarni shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatma va tushunchalar berildi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishib, kelgusida korxona samaradorligini oshirish yuzasidan o‘z taklif va fikrlarini bildirishdilar.

Uchrashuv yakunida kelgusida bu kabi uchrashuvlarni davom etirish haqida o‘zaro kelishib olishdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech