07/12/2023

    Boshqarmada 2023-yil 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Kun tartibidagi tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T. Sidikov so‘zga chiqib, dunyoning rivojlanishi hamda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashda birlashish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Korrupsiya bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir. Hech qaysi mamlakat, biron-bir hudud yoki jamiyat yo‘qki u korrupsiyaga qarshi immunitetga ega bo‘lsa.

Birlashgan millatlar tashkilotida barcha davlatlar hamkorlikda, ta’lim, tibbiyot, sud-huquq, demokratiyaning rivojlanishiga korrupsiyaning kirib borishiga asosiy e’tiborini qaratuvchi tadbir ishlab chiqilgan. Xalqaro tadbir o‘zining e’tiborini korrupsiyaning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta to‘siq bo‘lishga qaratadi.

Shu munosabat bilan 2003-yil 9-dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan va ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida e’lon qilingan. Shu tariqa 2004-yil 9-dekabr kunidan boshlab Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanib kelinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimlari ham so‘zga chiqib,  korrupsiyaning shakllari turlicha, ammo korrupsiya oqibatlari har qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga, mamlakat aholisiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolayotganligi bu illatga qarshi kurash dunyoning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olayotganligi va shu davlatlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilinib, ular ijrosi bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu sababli bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyatda korrupsiyaga qarshi huquqiy ongni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, ya’ni korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi insonning o‘zida ichki rad etishni shakllantirmoq kerak.

Tadbir yakunida tizimda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli vazifa va ko‘rsatmalar berildi.

 

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech