Samarqand viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya–baxtimiz qomusi!” mavzusida seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari so‘zga chiqib, eng avvalo tadbir qatnashchilarini hamda butun o‘zbek xalqini Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning 31 yilligi bilan qizg‘in muborakbod etishdi.
Ma’ruzachi “Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lganligi (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun), Amir Temurning “Tuzuklar” Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lganligi shu bilan birga qonun sifatida bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazganligini aytib o‘tdi.
Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz.
Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar yangilangan Konstitutsiya mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun gʻoyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yoʻlidagi ulkan qadam ekanligi, Konstitutsiyada Oʻzbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qatʼiy belgilab qoʻyilganligi, inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qatʼiy talab sifatida belgildi. Bu hol davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab faoliyat koʻrsatishiga asos boʻlishi haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Axborot xizmati