Viloyat bo‘yicha 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 082,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 113,0 % ni tashkil etdi. Shu jumladan, 12-bozor (oylik) va 12-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma‘lumotlariga asosan, dehqon bozorlarda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 854,8 mlrd. so‘mni (158,6 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 1 228,1 mlrd. so‘mni (94,1 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati