Uy xo‘jaligi va oilalarning tarkibini mutlaqo turli nuqtai nazarlardan o‘rganish mumkin. Uy xo‘jaliklariga tegishli belgilarni ko‘rib chiqishda uy xo‘jaligi va oilalarga tegishli turli konsepsiyalar bilan tanishib chiqish zarur. Ro‘yxatga olish dasturidagi bir qator belgilar individual daraja ma’lumotlariga emas, ko‘proq oila yoki uy xo‘jaligi darajasining ma’lumotlariga taaluqli. 2010-yil tavsiyalarida aytilganidek, ko‘p mamlakatlarda oila va uy xo‘jaliklarining tashkil topish modeli evolyutsiyani boshdan kechirmoqda, shu sababdan, ro‘y berayotgan strukturaviy o‘zgarishlarni o‘rganish juda muhim.
“Odatiy yashash joyi” belgisini uy xo‘jaligi a’zoligini aniqlash uchun asos sifatida ishlatish tavsiya qilinadi. Agar faqat yuridik yashash joyi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lsa, bu ma’lumot shu shart bilan ishlatilishi mumkinki, u odatiyo yashash joyini yetarlicha aniq aks ettiradi.
Xususiy uy xo‘jaligi bu:
- a) bir shaxsdan iborat uy xo‘jaligi, ya’ni alohida yashash birligida alohida xonani egallagan shaxs. Ammo, u mazkur yashash birligida boshqa shaxslar bilan birlashmaydi va quyida qayd etilgan guruhli uy xo‘jaligini tashkil etmaydi; yoki
- b) guruhli uy xo‘jaligi, ya’ni ikki yoki undan ortiq shaxsdan iborat guruh, yashash birligida birgalikda yashash yoki uning bir qismida o‘zini yegulik va yashash uchun boshqa zaruriy narsalarni ta’minlash uchun birlashgan holat. Bu guruh a’zolari ko‘p yoki oz miqdorda o‘z daromadlarini birlashtirishi mumkin.
Xususiy uy xo‘jaligining mazkur konsepsiyasi “xo‘jalikni birgalikda yurgizish” konsepsiyasi nomi bilan mashhur va xususiy uy xo‘jaliklarining soni yashash birliklarining soniga teng bo‘lishini nazarda tutmaydi. Bu konsepsiya doirasida tegishlicha holatlarda “pensioner” va “kvartirant” atamalari o‘rtasidagi farqni belgilash foydali. Pensionerlar xususiy uy xo‘jaligida ovqatlanishi va odatga ko‘ra u yerdagi barcha jihozlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Kvartirantlar boshqa tomondan o‘zining shaxsiy foydalanishi uchun yashash birligining biror qismini ijaraga oladi.
Qoidaga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan xususiy uy xo‘jaliklarining umumiy soni u yoki bu davlat qaysi konsepsiyani qabul qilishiga bog‘liq bo‘lmaydi: “xo‘jalikni birga yurgizish” konsepsiyasimi yoki “birgalikda yashash konsepsiyasi”.Biroq, o‘rtadagi farq ba’zi uy xo‘jaliklari turida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, bir shaxsdan tashkil topgan uy xo‘jaligi. Ro‘yxatga olish materiallarida davlatlarga ular xususiy uy xo‘jaligining qaysi konsepsiyasidan foydalanishini qayd etish tavsiya qilinadi.
Institutsional uy xo‘jaligi tarkibiga boshpana yoki yegulikka bo‘lgan ehtiyoji muassasa tomonidan qondiriladigan shaxslar kiradi. Muassasa deganda, shaxslar guruhini davomiy turar joy va xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlovchi yuridik birlik tushuniladi. Muassasalar odatda barcha turuvchilar foydalanadigan qulayliklarga ega bo‘ladi.
Ko‘p hollarda institutsional uy xo‘jaliklari quyidagi toifalardan biriga to‘g‘ri keladi:
- a) talabalar yotoqxonasi;
- b) kasalxonalar, reabilitatsiya markazlari, nogironlar uylari, ruhiy xastalik shifoxonalari va bolalar uyi;
- v) yordam ko‘rsatiladigan yashash uchun komplekslar, ijtimoiy ta’minot muassasalari, jumladan boshpanasizlar uchun.
- g) harbiy kazarmalar;
- d) tuzatish-mehnat muassasalari va qamoqxonalar;
- e) diniy muassasalar;
- j) ishchilar yotoqxonasi.
Institutsional uy xo‘jaliklari a’zolari mazkur muassasa ularning odatiy yashash joyi hisoblanuvchi shaxslardir. Ro‘yxatga olish vaqtida muassasalarda istiqomat qilayotgan, ammo boshqa vaqtda xususiy uy xo‘jaliklari a’zosi bo‘ladigan shaxslar institutsional uy xo‘jaliklari a’zosi deb hisoblanishi mumkin, qachonki, ularning o‘sha yerda yashashi kutilayotgan yoki haqiqatan yashaydigan muddat bir yildan oshsa.
Mamlakatlar aholining institutsional kontingenti va kollektiv yashash joylarida istiqomat qila turib, xususiy uy xo‘jaligi tarkibiga kiruvchi shaxslar o‘rtasidagi farqni belgilab olishi lozim. Masalan, muassasa xodimlari, u yerda bir o‘zi yoki oilasi bilan istiqomat qilsa, xususiy uy xo‘jaligi a’zosi sifatida qaralishi kerak.
Davlatlar aholini ro‘yxatga olish amalga oshirilganga qadar yashash joylarini tekshirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishlari lozim. Qisqa so‘rovnoma yordamida kollektiv yashash joyining xususiyatlari va funksiyalarini aniqlash, u yerda xususiy uy xo‘jaliklari ham bo‘lishi ehtimolligi va uysizlarga xizmat ko‘rsatilishi yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumot to‘plashi mumkin. Bundan tashqari, bunday kuzatuvning asosiy afzalliklaridan biri – u ko‘p maqsadli institutsional uy xo‘jaliklarini aniqlash imkonini beradi. Shunday qilib, institutsional uy xo‘jaliklarining alohida qismlarini turli toifalarga ajratishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Mamlakatlar o‘rtasida xususiy uy xo‘jaliklarida istiqomat qiluvchi aholi va institutsional yoki boshqa uy xo‘jaliklarida yashovchi aholini bir-biridan farqlash usullarida tafovutlar bo‘lishi mumkin. Ro‘yxatga olish hisobotlari va meta-ma’lumotlarida foydalanilayotgan ta’riflarni aniq izohlash va milliy amaliyot va mazkur tavsiyalar o‘rtasidagi har qanday farqlarga e’tibor qaratish zarur.
Hozirgi kunda aynan keksalar, nogironlar va aholining boshqa alohida guruhlari yashashi uchun mo‘ljallangan yashash joylari soni ortayotgani kuzatilmoqda, bunda institutsional va xususiy uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi farq noaniq bo‘lib qolmoqda va ularda yegulikni birgalikda yoki har bir uy xo‘jaligi o‘z jihozlarida alohida tayyorlab, iste’mol qilishi mumkin. Shundan kelib chiqib, bunday yashash birliklarida istiqomat qiluvchilarning kamida yarmi yegulik tayyorlash uchun o‘z jihozlariga ega bo‘lgan taqdirda barcha shaxslar xususiy uy xo‘jaligi sifatida qaralishi va imkoniyat darajasida alohida toifaga ajratilishi tavsiya qilinadi.
Axborot xizmati