Kun tartibidagi o‘quv-seminar yig‘ilishida, boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyevning O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-798-son Qonunida belgilangan vazifalar yuzasidan axboroti tinglandi.
Shuningdek, Kadrlar bo‘limi boshlig‘i G.Muxamadiyeva ham so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi yuzasidan ishtirokchilarga batafsil tushuntirish berib o‘tdi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan vazifalarga to‘liq amal qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarni belgilab berdi.
Axborot xizmati