2023-yilning 20-dekabr kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot instituti Samarqand filiali talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i J. Karimov aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.
Ochiq muloqotda doimiy aholi soni, oʻrtacha ish haqi, xalqaro tashkilotlar bilan statistika idoralarining hamkorligi, ilmiy ishda kerak boʻladigan statistik tahlillar, ochiqlik va shaffoflik borasida tushunchalar berib o‘tildi.
Talabalar tomonidan berilgan savollarga Statistika boshqarmasi mutaxassislari atroflicha javob berishdi.
Statistika boshqarmasi va universitet oʻrtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va shu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishib olindi.
Axborot xizmati