Albatta, mamlakatimizda ham bu illatga qarshi keskin kurashish choralari koʻrilmoqda. Tadqiqotlar biror-bir illatga barham berishda eng samarali vosita illatning oʻzi bilan emas, balki sababi bilan kurashish ekanini koʻrsatmoqda.
Tan olish joizki, davlat xaridlari, investitsiya, bank, soliq, bojxona, bozorlar, qurilish tizimida korrupsiyaga aloqador shaxslar yaxshi daromad koʻradi.
Qonunchilik amaliyoti, huquq-tartibot organlarining ularga qarshi turish borasida oʻta “ojizligi”, “zaifligi”, hatto xayrixohligi holatlari ishimizga xalaqit berib, buning oqibatida xalq va davlatning yer osti hamda yer usti boyligini oʻzlashtirish evaziga chet ellarda dangʻillama villalarga egalik qilish holatlari koʻpayib boradi.
Xullas, davlat organlarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash boʻyicha chora-tadbirlarni joriy etish, aholining korrupsiyaga qarshi qarashlarini shakllantirish boʻyicha xalqaro tajribalar hech qachon zarar qilmagan.
Muxtasar aytganda, korrupsiya - taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tugʻdiruvchi xavfli jinoyat. Bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi boʻlishi zarur. Shundagina biz ushbu xavfni bartaraf etgan boʻlamiz.
Axborot xizmati