22/12/2023

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmonida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini o‘qitishni tashkil etish topshirig‘i berilgan.

 

 

 

Kun tartibidagi o‘quv-seminar yig‘ilishida, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T.Sidikov so‘zga chiqib, har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi, har bir shaxs yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega ekanligi, ushbu huquqning cheklanishi va turar joyda tintuv o‘tkazishga faqat sud qaroriga asosan yo‘l qo‘yilishi haqida jinoyat protsessida shaxs daxlsizligi kafolatlari belgilab qo‘yilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalarini doimiy ravishda o‘rganib borish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Ishtirokchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech