Joriy yilning 29-dekabr kuni Viloyat statistika boshqarmasida “Yangi yil” bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda boshqarma xodimlari va hududiy statistika bo‘lim xodimlari (onlayn shaklda) ishtirok etishdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i Sh. Abdiyev so‘zga chiqib, barcha xodimlarni kirib kelayotgan yangi yil ayyomi bilan samimiy muborakbod etdi.
Statistika sohasini rivojlantirishdagi samarali va fidokorona mehnatlari, o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun bir qator xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda boshqarmaning faxriy yorliq va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Axborot xizmati