Aziz va muhtaram yurtdoshlar, qadrli do‘stlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Samarqand viloyati Statistika boshqarmasining ahil jamoasi nomidan Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yangi yil Siz azizlarga ulkan muvaffaqiyatlar, baxtu-saodat, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik va xonadonlaringizga fayzu-baraka olib kelsin!
Aziz yurtdoshlar, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar doimo yor bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Statistika boshqarmasi jamoasi