O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-yilning 4-yanvar kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi yosh mutaxassislari uchun Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Zarafshon tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda yosh xodimlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, korxonada mas’ul xodimlar tomonidan hisobotlarni tuzish jarayonida kerakli ma’lumotlarni qay tartibda shakllantirilishi ko‘rsatib o‘tdildi.
Shu ko‘rsatmalar asosida viloyat statistika boshqarmasining tegishli mutaxassislari tomonidan statistik hisobotlarni shakllantirish bo‘yicha tavsiya va tushunchalar berildi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishib, kelgusida korxona samaradorligini oshirish yuzasidan o‘z taklif va fikrlarini bildirib, kelgusida bu kabi uchrashuvlarni davom ettirish haqida o‘zaro kelishib olindi.
Axborot xizmati