19/01/2024

    2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 556 tani tashkil etmoqda.

Bunda yetakchi o‘rinni 106 ta korxonada to‘liq yoki qisman ulushi mavjud bo‘lgan Rossiya  Federatsiyasi egallab viloyatda chet el investitsiya ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 19,1 foizini tashkil etmoqda. Shuningdek, viloyat iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritayotgan Turkiya Respublikasi (ulushi 18,7 foiz) va Xitoy Xalq Respublikasi (ulushi 15,1 foiz) davlatlari ham yetakchi o‘rinlarni egallab kelishmoqda.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech