Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 2 678,7 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.
Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,1 % ga oshgan.
Kartoshka yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (20,5 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shu bilan birga, Surxondaryo (11,3 %), Toshkent (11,3 %) va Fargʻona (9,7 %) viloyatlarida ham kartoshka yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.
Axborot xizmati