Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 1 606,6 ming tonna poliz ekinlari yetishtirilgan.
Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 3,4 % ga oshgan.
Poliz ekinlari yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Surxondaryo viloyati (13,6 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shu bilan birga, Jizzax (12,4 %), Sirdaryo (12 %) va Qashqadaryo (11,5 %) viloyatlarida ham poliz yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.
Axborot xizmati