Dastlabki ma’lumotlaga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan chet el investitsiya ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 556 tani tashkil etmoqda
Yetakchi o‘rinni 106 ta korxonada to‘liq yoki qisman ulushi mavjud bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi egallab viloyatda chet el investitsiya ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 19,1 foizini tashkil etmoqda. Shuningdek, viloyat iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritayotgan Turkiya Respublikasi (ulushi 18,7 foiz) va Xitoy Xalq Respublikasi (ulushi 15,1 foiz) davlatlari ham yetakchi o‘rinlarni egallab kelishmoqda.
Axborot xizmati