25/01/2024

    Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 1 321,1 ming dona qorakoʻl teri olingan.

 Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,6 % ga oshgan.

Olingan qorakoʻl teri umumiy hajmining eng yuqori ulushi Buxoro viloyati (43,9 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.

 Shu bilan birga, Navoiy (24,2 %) va Qashqadaryo (20,3 %) viloyatlarida ham olingan qorakoʻl terining yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech