O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.
2024-yilning 26-yanvar kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da O‘quv soati davomida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi:
Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun “Isteʼdod bo‘shliqlari, malaka talablari va global mehnat bozorlari: professor Seamus McGuiness bilan suhbat” deb nomlangan videolavha namoyishi
"Mutolaa vaqti” rukni
"Konstitutsiyaviy savodxonlik" rukni
Respublika teatrlarida 2024-yil yanvar oyida namoyish etiladigan spektakllar repertuari.
Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.
Axborot xizmati