31/01/2024

    Viloyat statistika boshqarmasida 2024-yilning 30-yanvar kuni boshqarma hamda barcha shahar va tuman statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

 

 

Kun tartibidagi yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyev so‘zga chiqib kun tartibidagi mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

 

 

     Jumladan, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yish bo‘yicha tizimda salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

 

 

Shuningdek, yig‘ilish qatnashchilariga 2024-yil davomida statistika hisobotlarini onlayn qabul qilish va qayta ishlash jarayonida hisobot taqdim etuvchi subyektlarni ovoro qilish, ularni asossiz statistika idoralariga taklif qilish, to‘lovlar undirish, o‘zaro munosabatlarda sansalorlik, ta’magirlik, poraxo‘rlik va boshqa ko‘rinishdagi korrupsiyaviy holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari uchun ogohlantirish berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech