O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.
2024-yilning 02-fevral kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi:
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “YOshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni loyihasi mazmun-mohiyati
Ma’ruzachi: Odil Olimjonov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bosh ilmiy xodimi, iqtisod fanlari doktori, professor
"Xalq xizmatchisi" ijtimoiy roligi namoyishi
"Mutolaa vaqti” rukni
"Konstitutsiyaviy savodxonlik" rukni
Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.
Axborot xizmati