02/02/2024

    2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 6,4 % fermer xo‘jaliklari ulushiga, 93,2 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 0,4 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, shunga mos ravishda qo‘y va echkilarning umumyiy sonidan 8,7 % fermer xo‘jaliklariga, 85,8 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 5,5 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g’ri keladi, otlar umumiy sonidan 19,9 % fermer xo‘jaliklariga, 77,9 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 2,2 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi shuningdek, parrandalar umumiy sonidan 37,0 % fermer xo‘jaliklariga, 39,0 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 24,0 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech