2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 734,1 mingtaga yetdi. 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni 40,5 mingtaga (2,4 %) ko‘paydi.
2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami yirik shoxli qoramollarning 93,2 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklari to‘g‘ri kelishi kuzatildi.
Axborot xizmati