09/02/2024

   Kun tartibidagi tadbirdagi masala yuzasidan mas’ullar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan ma’lumot berib o‘tildi.

         Shuningdek, tadbir jarayonida korrupsiya va taʼmagirlik kabi salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha  ishonch telefonlari to‘g‘risida maʼlumot berildi. Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi kabi jihatlar to‘g‘risida ham ishtirokchilarga batafsil tushuntirib o‘tildi.

         Maishiy korrupsiya oddiy fuqarolar va amaldorlarning o‘zaro aloqalari natijasida vujudga keladi. Uning tarkibiga fuqarolardan mansabdor shaxs va uning oila a’zolariga turli sovg‘alar va xizmatlar kiradi. Ushbu toifaga oshna-og‘aynigarchiliklar ham kiradi. Ishbilarmonlik korrupsiyasi hukumat va biznesning o‘zaro aloqalari natijasida vujudga keladi.

 

 

       Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur etadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, xalqning davlat boshqaruvi hokimiyati organlariga ishonchi yo‘qoladi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi, jamiyatda ma’naviyat izdan chiqa boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan noxush hodisalar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim zamonlardan boshlab unga qarshi kurashib kelmoqda.

       Korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining maqsadi – korrupsiya darajasini pasaytirish hamda fuqarolar, jamiyat va davlat huquqlari va qonuniy manfaatlarining korrupsiya bilan bog‘liq tahdidlardan himoyalanishini ta’minlashdan iborat. Bu siyosat davlatning korrupsiyaga qarshi qaratilgan, qabul qilingan turli qonunlari, qarorlari, dasturlarida o‘z ifodasini topadi. Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati – bu davlatning korrupsiyaning oldini olish, u paydo bo‘lganda uni tugatish va cheklash borasidagi sa’y-harakatlari va aniq chora-tadbirlar majmuidir.

 

 

      Korrupsiya keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, toifalari, guruhlari kundalik faoliyatiga aylanib, o‘zaro bir-biriga bog‘lanib, chirmashib ketganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. “Nozik”, “chigalroq” ushbu masalada davlatning huquq-tartibot idoralari birmuncha hushyor, ziyrak bo‘lishi, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, turli komissiyalar, jurnalistlar, mustaqil sudlar tizimi faolroq ishlashi haqida tadqiqotchilar anchadan beri yozib keladi. Siyosatchilar, sotsiologlar, psixologlar, tarixchilar, davlat hamda jamoat organlari, siyosiy partiyalar, eng muhimi, amaliyotchilar masalani tahlil etish va echimini topish ustida bosh qotirishi lozim.

      Poraxo‘rlik va korrupsiya jamiyatimizning rivojlanishiga, xususan, demokratik yangilanish hamda modernizatsiyalash jarayoniga har jihatdan xalaqit bermoqda. Garchi bu masala uzoq yillardan beri ta’kidlanib, “qo‘lga tushgan” amaldorlar televidenie va matbuotda namoyish etilganiga qaramasdan, sud, prokuratura, idora rahbarlari hamda oddiy fuqarolarning qon-qoniga singib ketgan feodalizm sarqitlari, tamagirlik, byurokratiya jamiyatimiz hayotidan yo‘qolib ketmayapti.

      Korrupsiya, birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etmay qolmaydi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech