16/10/2025

    Joriy yilning 16-oktabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yilda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda roʻyxatga olish savolnomalarini toʻldirish boʻyicha Samarqand viloyati Samarqand tumani, “Quyi Chordara” MFYda amaliy oʻquv-seminar tashkil etildi.

    Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi mutaxassislari,  viloyat statistika boshqarmasi, tuman, shahar statistika boʻlimi xodimlari hamda mahalla yettiligi ishtirok etishdi.

Axborot xizmat

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech