Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-oktyabr holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 460,3 mingtani tashkil etgan.
Shundan 390,3 mingtasi yoki 84,8 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
savdo sohasida – 149 470 ta (32,5 %);
sanoat sohasida – 57 799 ta (12,6 %);
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 33 223 ta (7,2 %);
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 29 325 ta (6,4 %);
qurilish sohasida – 29 185 ta (6,3 %);
tashish va saqlash sohasida – 16 816 ta (3,6 %);
axborot va aloqa sohasida – 11 241 ta (2,4 %);
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 13 161 ta (2,9 %);
boshqa sohalarda – 120 109 ta (26,1 %).
Axborot xizmati