O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoniga ko‘ra 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladi va ushbu tadbirga hududlardagi “mahalla yettiligi” xodimlari jalb etilishi ko‘zda tutilgan.
Farmon ijrosi yuzasidan joriy yilning 15-16-17-oktabr kunlari Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan barcha viloyatlarda statistika boshqarmasi hamda tuman, shahar statistika bo‘limlari xodimlari uchun ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etildi.
Seminar davomida statistika idoralari xodimlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish mazmun-mohiyati, savolnoma shakllari, savolnomalarni to‘ldirish yuzasidan tushunchalar berildi.
Joriy yilning 17-oktabr kuni seminardan olingan ko‘nikmalar, savolnomani to‘ldirishda tug‘ilgan qiyinchiliklar, tushunmovchiliklar yuzasidan savol javoblar bo‘lib o‘tdi hamda berilgan savollarga Milliy statistika qo‘mitasi mas’ullari tomonidan tegishli javoblar berildi.
Axborot xizmati