O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda korxona va tashkilotlar uchun amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda institutning “Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar” kafedrasining katta o‘qituvchisi Sh. R. Djumaniyazov, Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T. Sidikov, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi mutaxassisi M. T. Suyarov va Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi boshlig‘i J. O‘. Taniyev o‘zlarining ma’ruzalari, video roliklari va taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.
Xususan, tadbirda e-stat 4.0 onlayn axborot tizimi, 1 KB Korxona va tashkilotlarning yillik hisoboti hamda 1 FX Fermer xo‘jaligi tashkilotlarining yillik hisobot shakllari, ularni sifatli to‘ldirish va statitika organlariga o‘z vaqtida taqdim etish yuzasidan yetarlicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berishdi. Seminar jarayoni qiziqarli va mazmunli o‘tdi
Axborot xizmati