2023-yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 14 561,2 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Samarqand shahri (3 702,6 mlrd. so‘m), Urgut (1 760,0 mlrd. soʻm), Jomboy (1 674,9 mlrd. soʻm), Samarqand (1 380,4 mlrd. soʻm) va Toyloq (843,9 mlrd. soʻm) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Qo‘shrabot tumani (138,4 mlrd. soʻm) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi eng past bo‘lib qolmoqda.
Axborot xizmati