2023-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 639,3 ming tonna uzum (2022-yilning yanvar-dekabriga nisbatan 3,4 % ga ko‘p) yetishtirildi. Uzum yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilganimizda, uzum yetishtirish umumiy hajmidan 59,6 % fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Eng ko‘p Uzum yetishtirgan tumanlardan Ishtixon 175,3 ming tonna, Urgut 140,5 ming tonna hamda Payariq tumani 94,4 ming tonnani tashkil etmoqda.
Axborot xizmati