16/02/2024

    Statistika agentligining 2022-yil 30-iyundagi 21-sonli qаrоri “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo‘jalik qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizomi” tasdiqlangan. Mazkur nizomga asosan yilda bir marta 4-TJ so‘rovnoma “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to‘grisida”gi tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish belgilangan.

Jumladan, joriy yilning 15-fevral kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Toyloq tumani statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan Toyloq tumanida joyiga chiqqan holda 4-TJ tanlanma kuzatuvini o‘tkazdi.

 

 

Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech