Bugun, 16-fevral kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat xizmatchilari uchun doimiy ravishda tashkil etilib kelinayotgan “Siyosiy-maʼrifat soati” bo'lib o'tmoqda.
Ushbu haftaning xar juma kuni doimiy ravishda tashkil etib kelinayotgan "Siyosiy-ma'rifat soati"da boshqarma xodimlari ishtirok etishmoqda.
O‘quv soati davomida Yurtimiz va xorijdagi muhim jarayonlar haqida va hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yoritib boriladi. Shuningdek davlat xizmatchilarining shaxsiy rivojlanishlari uchun “Bir chimdim maʼnaviyat" rukni ostida turli maʼnaviy qisqa video lavhalar namoyish etib kelinmoqda.
Axborot xizmati