16/02/2024

    2024-yilning 16-fevral kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi hamda Toyloq tumani statistika bo‘limlarida “Tarmoqda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar” mavzusida press-tur tashkil etildi.

Tadbirda statistika tizimida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi O‘RQ 611-sonli “Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

 

 

 

Shuningdek, tadbirda 2023-yil davomida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holatini aks ettiruvchi, dolzarb masalalarda bir ming besh yuzga yaqin tahliliy ma’lumotlar, 108 ta oylik va choraklik press-relizlar boshqarmaning rasmiy veb-saytida e’lon qilingani hamda ma’lumotlar infografika, diagramma va videoroliklar ko‘rinishida Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatilgani va mahalliy nashrlarda chop etilganligi, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida profilaktika ishlari doirasida viloyatning barcha hududlarida

 

 

 

205 marta seminar va uchrashuvlar o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda 1650 marta chiqishlar qilingan, 9 136 ta buklet va qo‘llanmalar tarqatilgan. Natijada, mazkur tadbirlar orqali 1 411 ta holatda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato-kamchiliklarning oldi olinganligi haqida so‘z yuritildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech