16/02/2024

    2024-yilning 16-fevral kuni “Xizmatlar sohasi kuzatuvlarini oʻtkazish” boʻyicha hududiy statistika bo‘limlari mas’ul xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida  onlayn ravishda vebinar  tashkil etildi. Vebinarda boshqarma boshlig‘i Sh. Abdiyev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi xodimlari hamda hududuy statistika bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.

 

 

Tadbirda I chorak davomida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tanlama kuzatuvlarini qat՚iy ravishda belgilangan qoidalar asosida oʻtkazilishi, soʻrovnomalarni chuqur tahlil qilgan holda qayta ishlanishi, ulardagi muammoli holatlar, kamchiliklarni yechimini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida kuzatuv natijalarini toʻgʻri va xatosiz planshet qurilmasiga kiritish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

 

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech