2024-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 022 ta bo‘lib, jami viloyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 2,4 foiz ulushini tashkil etdi.
2023-yilning mos davri bilan solishtirganda tashish va saqlash xizmatlarining yo‘nalishlari bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatdiki:
-quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning o‘sish sur’ati 82,6 foizni tashkil etdi;
-ombor xo‘jaligi va yordamchi transport yo‘nalishining o‘sish sur’ati 86,3 foizni;
-pochta va kuryerlik yo‘nalishi 81,1 foizni tashkil etdi.
Havo transporti yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni
5,0 foizga oshgan.
Axborot xizmati