Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2024-yil yanvar oyida
11,8 mln. AQSh dollarlik 13,4 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,6 mln. AQSh dollariga ko‘paydi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya Federatsiyasi (25,1 %), Turkiya (13,4 %), XXR (12,5 %), hamda Ozarbayjon (6,6 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati