Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida o‘tkazilgan seminarda Yangi Konstitutsiy va uning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.
“O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahririda birinchi marta mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Inson, uning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmati eng oliy qadriyat bo‘lgan ko‘p millatli xalqning irodasi demokratiya va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sodiqlikni tasdiqlaydi. Maqsad insonparvar, demokratik, jadal rivojlanayotgan davlat, keng va jozibali bozorga ega ishonchli va bashorat qilinadigan xalqaro sherik bo‘lgan ochiq va adolatli jamiyat qurish bilan izohlanadi. Asosiy qonunda O‘zbekiston va jahon hamjamiyati, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik va bir-birini qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda rivojlantirish ilk bor aniq-ravshan mustahkamlab qo‘yildi.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy sa’y-harakatlari tufayli mintaqaviy qurilishning yangi konsepsiyasini shakllantirish va Markaziy Osiyoning o‘ziga xos siyosiy va ijtimoiy jihatlarga ega bo‘lgan yagona geoiqtisodiy makonini yaratish borasida salmoqli natijalarga erishilgani alohida ta’kidlash lozim.
Konstitutsiyada birinchi marta O‘zbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligi belgilab qo‘yildi. Ushbu qoidalarni qayta ko‘rib chiqish mumkin emas, bu davlatning asosiy xususiyatlari barqarorligi va o‘zgarmas ekanligini tasdiqlaydi. Konstitutsiyaviy islohotda “davlat-jamiyat-inson” tamoyili “inson-jamiyat-davlat” bilan almashtirilgan.
Axborot xizmati