07/03/2024

    Joriy yilning 7-mart kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boshqarmada ishlayotgan barcha ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Boshqarma boshlig‘i Abdiyev Sharof Azamovich dilbar opa-singillarni 8-mart bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida davlatimiz tomonidan yuksak e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Bahorning ilk kunlarida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda keng nishonlanadi. Boisi, har qanday millat va davlatning taraqqiyoti, kelajagi bevosita onalarga bog‘liq. Zero, har tomonlama sog‘lom onalardan mamlakat uchun barkamol farzandlar dunyoga keladi. Shunday ekan, ona siymosi doimo alohida ehtirom va e'tiborda bo‘lib kelgan.

Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi jamoasi 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan mo‘tabar ayollar, munis onaxonlar, dilbar opa-singillar, umuman, barcha xotin-qizlarni samimiy muborakbod etadi.

 

 

    Go‘zal va betakror, sevgi-muhabbat va sadoqat timsoli bo‘lgan ayollarga sihat-salomatlik, bahoriy kayfiyat, baxt-saodat, xonadonlarida tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka doimiy hamroh bo‘lsin.

    Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin aziz va mo‘tabar onaxonlar, aziz ayollar, qadrli opa-singillar!

 

 

 Samimiy va chuqur hurmat ila,

Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi  jamoasi

Tugmani bosing Tinglash GSpeech