Joriy yilning 12-mart kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida 2023-yilda sohada amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yilgi rejalar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma rahbariyati, OAV vakillari, hamda boshqarma bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanini boshqarma boshligʻining o‘rinbosari M. Salimov ochib, Statistika sohasida 2023-yil hamda oxirgi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, oʻzgarishlar toʻgʻrisida qisqacha maʼruza qildi.
Tadbirda viloyatning 2023-yil uchun ijtimoiy-iqtisodiy holati boʻyicha statistik tahlillar, sohalarda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda 2024-yilgi rejalar borasida so‘z yuritildi.
Shuningdek, tadbir qatnashchilari uchun boshqarma matbuot F. Eshonkulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-sonli Qarorining mazmun mohiyati to‘g‘risida qisqacha tushuncha berib o‘tdi.
Tadbir yakunida berilgan savollarga mas’ul mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Axborot xizmati