2024-yilning yanvar oyida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 1 939,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 109,7 % ni tashkil etdi.
Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 383,8 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 101,2 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 1 555,4 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 112,0 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 240,0 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 131,1 %) tashkil etdi.
2024-yilning yanvar oyida 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan viloyatning Kattaqorgo’n (116,5 %), Nurobod (115,8 %), Kattaqo’rgon shahri (114,5 %), Urgut (112,3 %), Toyloq (112,2 %), Paxtachi (110,6 %) tumanlarida chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.
Axborot xizmati