Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishiga koʻra, Respublikada “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, sogʻlom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targʻib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024-yil 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla - yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda.
Erta tongdan boshlangan xayirli tadbirni viloyatimizning barcha mahalla ahli, korxona, tashkilot va muassasa xodimlari uyushqoqlik va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkaziishmoqda. Jumladan, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham mazkur tadbirda faol ishtirok etishmoqda.
Axborot xizmati