Navro‘z, atrofda ajib manzaralar barq urib, tabiat uyg‘onmoqda. Bahor havosidan qalblarga tarovat, iliqlik yugurmoqda. Yangilanish, yasharish fasli boshlandi. Shukuhli bu kunlarda esa yurtimizda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanadi. Asrlar tarixiga ega bu bayram tomoshalarida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analarimiz qayta tiklanib, yangicha tus oladi. Shu tariqa milliy meroslarimiz avlodlar qalbiga singa boradi.
Navro‘z asosan bahoriy teng kunlik 21-martdan boshlab nishonlangan va bir hafta, o‘n kun, hatto, ba’zi joylarda bir oygacha davom etgan bayram. Navro‘z bayrami - bu dehqon, cho‘pon, hunarmand, qo‘yingki, hammamizning haqiqiy umumxalq bayramimizdir.
Navro‘z bayrami elimizda obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlararo ahillik, bag‘rikenglik ramzi, qalblarimizda ezgulik uyg‘otadigan haqiqiy sharqona bayram bo‘lib qolaveradi.
“2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuqori darajada keng nishonlanadi.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham bayramni ko‘tarinki ruhda nishonlashmoqda.
Axborot xizmati