29/03/2024

    Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi mutasadilari tomonidan Samarqand Davlat chet tillar institutining Payariq xorijiy tillar fakulteti talabalari uchun seminar tashkil etildi.
Tadbirda Statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i J. Karimov aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.
“STATA” amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda ro‘yxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirish to‘g‘irisida ham so‘z yuritildi.
Talabalar tomonidan berilgan savollarga Statistika boshqarmasi mutaxassislari atroflicha javob berishdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech