2024-yilning 6-19-mart kunlari Hindiston tashqi ishlar vazirligining Hind texnik-iqtisodiy hamkorlik (ITEC) dasturi doirasida Hindistonning Haydarabod shahrida 22 mamlakatning 30 nafar vakillari uchun Qishloq xo‘jaligini boshqarish milliy institutida (MANAGE) “Qishloq xo‘jaligining noto‘g‘ri ovqatlanish hamda global to‘yib ovqatlanmaslikka ta’siri” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi. Seminarda Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sidikov Tolib Iskandarovich ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zaro tajriba almashishdi hamda hindiston qishloq xo‘jaligi bilan yaqindan tanishtirildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.
Axborot xizmati