Yuqorida qayd etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati natijasida, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 4 402,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 108,1 % ni tashkil etdi.
Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 697,0 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 98,3 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 3705,8 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 110,1 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 462,1 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 116,8 %) tashkil etdi.
2024-yilning yanvar-fevral oylarida 2023-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan viloyatning Samarqand (121,3 %), Kattaqorgo’n (111,1 %), Kattaqo’rgon shahri (110,5 %), Toyloq (109,1 %), Urgut (108,7 %), Ishtixon (107,6 %) tumanlarida chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.
Axborot xizmati